Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   Dolzarb

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz ishtirokida tadbir o‘tkazildi

SEUL, 8 dekabr /“Dunyo” AA/. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasida vatandoshlarimiz ishtirokida Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mazkur tadbirda Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz hamda vakolatxona vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Bosh qomusimiz – milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy mexanizm ekani, unda har bir shaxsning huquq va erkinliklari, jumladan mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqlari borasida fikr almashildi.

Shuningdek, Konstitutsiyamizda fuqarolarning siyosiy huquqlarining kafolatlanganligi fuqarolarning o‘z qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish borasida, shuningdek jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishda siyosiy faolligini taʼminlashga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Mavzuga oid

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

Xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillari joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda...

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar i...

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi SMTI direktorining birinchi o‘rinbosari Akromjon Ne’mato...

Ozarbayjondan munosabat: O‘zbekiston Pre...

Ozarbayjonning yetakchi siyosatshunoslari mamlakatimiz Prezidentining Pekindagi qishki Oli...

So`nggi yangiliklar