Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Kentukki shtati Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Keti Smit: Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyormiz

VASHINGTON, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. AQSH mintaqalari bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash, Amerika ishbilarmon doira vakillarini mamlakatimizda bo‘layotgan jarayonlarga jalb etish doirasida O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Kentukki shtati iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Keti Smit bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar, zamonaviy O‘zbekistonning ustuvor vazifalari, respublikada xorijiy biznes vakillarining ishtirokini kengaytirish, ularning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi savdo-sanoat markazi sifatida rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

Muzokaralar chog‘ida mamlakatimiz va Kentukki shtati o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, suv taqchil hududlarda samarali irrigatsiya yo‘nalishida AQSH ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Keti Smit O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan yuksak taraqqiyot dinamikasi O‘zbekistonning xalqaro hamkorligini mustahkamlashda salmoqli kuchga aylanishini alohida taʼkidladi.

Vazir o‘rinbosari, shtatning iqtisodiy salohiyati haqida gapirar ekan, mintaqa tuprog‘i tarkibida kalsiy miqdori yuqori bo‘lgani sababli, asosan, yilqichilik bilan shug‘ullanilganini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, bugungi kunda Kentukki iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligidan tashqari avtomobilsozlik, energiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish va tibbiyot muassasalari ham yuqori natijalarga erishmoqda.

Uchrashuvda Kentukki shtati Iqtisodiy rivojlanish vazirligining asosiy vazifasi ish o‘rinlari yaratish, biznesga sarmoyalarni rag‘batlantirish, yangi sanoat korxonalarini jalb qilish va mavjud kompaniyalarning kengayishiga yordam berishdan iborat. Shuningdek, ushbu idora tadbirkorlar, startaplar va kichik biznes egalarini qo‘llab-quvvatlaydi va resurslar bilan taʼminlaydi.

Uchrashuv yakunida Keti Smit mamlakatimiz bilan aloqalarni rivojlantirishga, Kentukki tajribasini o‘rganishga istak bildirgan mutaxassislar bilan hamkorlik qilishga hamda shtat ishbilarmon doira vakillarini O‘zbekiston bilan munosabatlar o‘rnatishga undashga tayyorligini maʼlum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 1792 yil 1 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari tarkibiga qabul qilingan Kentukki qishloq xo‘jaligi yuritish uchun qulay sharoitlari bilan yaxshi tanish. Shtat mamlakatda echki parvarishlashda 5-o‘rin, qoramol parvarishida 8-o‘rin, makkajo‘xori yetishtirishda 14-o‘rinda turadi. Ketukkining yalpi ichki mahsuloti 194 milliard dollarga teng, aholisi esa 4,5 million kishini tashkil qiladi. Avtomobilsozlik, energetika yoqilg‘isi va tibbiyot ham shtat iqtisodiyotining muhim tarmoqlari hisoblanadi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda Pokiston Bosh vaziri rasmi...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Pokiston Bosh vaziri...

O‘zbekiston va Latviya hukumatlararo kom...

O‘zbekiston elchisi Kadamboy Sultonov Latviya iqtisodiyot vaziri Yanis Vitenbergs bilan uc...

O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik s...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Guanchjou shahrida o‘tkazilgan «2022 DASHIHUI Internationa...

So`nggi yangiliklar