Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   O'zbekistonning ShHTga raisligi

Kecha Toshkentda SHHT II Iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida kecha Toshkent shahrida II Iqtisodiy forum o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Tadbir bevosita va onlayn tarzda SHHTga aʼzo davlatlarning iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilishga masʼul vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, yirik davlat korporatsiyalari, savdo-sanoat palatalari rahbarlarini, ekspertlar va delegatsiyalarining boshqa aʼzolarini muloqotga taklif qildi.


Forum kun tartibiga muvofiq, SHHTga aʼzo davlatlar iqtisodiyot va savdo vazirliklari rahbarlari hamda Tashkilot kotibiyati vakillari ishtirokida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan Forum ishtirokchilari oldida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov nutq so‘zladi. O‘z so‘zida u SHHT mintaqasining investitsiyaviy salohiyatini birgalikda rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish, savdo aylanmasi hajmining barqaror o‘sishini taʼminlash, transportning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash, taʼminot zanjirlarining uzluksizligini taʼminlash, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish kabi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida birgalikda saʼy-harakatlarni olib borishning muhimligiga eʼtibor qaratdi.

Forum ishtirokchilari SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘sishining barqaror, ijobiy dinamikasini taʼkidladilar. 2021 yilda  Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning tashqi savdo hajmi 8 trillion dollardan oshib, uchdan biri hajmida o‘sdi, SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi ichki savdo hajmi esa qariyb 40 foizga oshib, 768 milliard dollarga yetdi.

Panel munozarasi davomida "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘llini va transafg‘on yo‘lagini qurish kabi mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarni tezlashtirishga ham eʼtibor qaratildi. O‘z navbatida, bu SHHTning bir qator mamlakatlari hududlari bo‘ylab yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi.

Maʼruzachilar ushbu tadbir ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish va SHHTga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy yo‘nalishlardagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha fikr almashish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini o‘tayotganligini taʼkidladilar.

Forumning birinchi kuni doirasida SHHT Sanoat innovatsiyalari yarmarkasi va turli mamlakatlar delegatsiyalari ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Forumning ikkinchi kuni davomida ustuvor investitsiya loyihalari, xalqaro hamkorlikning o‘ziga xos jihatlari, savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklash choralari, raqamlashtirish davrida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, SHHT makonida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator panel munozaralari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid

Bugun ShHTga aʼzo davlatlarning ilm-fan ...

Bugun O‘zbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga aʼzo davlatlarni...

Elchi Dilshod Ahatov: O‘zbekiston SHHTni...

SHHTning Samarqand sammiti arafasida Hindistonning The Print elektron nashri O‘zbekiston ...

O‘zbekiston Prezidentining maqolasi Kuva...

Kuvaytning yetakchi “Al-Anba”, “Al-Nahar”, “Tayms Kuveyt” gazetalari va ommabop “Q8 Press...

So`nggi yangiliklar