Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Malayziya Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

KUALA-LUMPUR, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchisi Ravshan Usmonov Malayziya tashqi ishlar vazirligining Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Sayed Mohamad Bakri bin Sayed Abd Rahman bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat davomida O‘zbekiston - Malayziya hamkorligini yana-da rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar yuqoridagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

Xitoydagi vatandosh: Davlatimizning Asos...

“Alibaba Group” korxonasi xodimi Farruh Qushnazarov

AQSHdagi vatandosh: Taʼlim sohasida fao...

AQSHning Kolumbiya universiteti professori Aziza Shaxnazarova “Dunyo” AA uchun intervyusid...

Xorijdagi vatandosh: O‘ta muhim hujjatni...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referend...

So`nggi yangiliklar