Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari Ozarbayjon OAV diqqat markazida

BOKU, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. Ozarbayjonning ommabop nashrlaridan biri - «Kaspiy» gazetasi elektron portali (kaspiy.az) sahifasida “O‘zbekistonda kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari qo‘llanilmoqda” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 


Unda mamlakatimizda “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingani ozarbayjonlik o‘quvchilarning e’tiboriga havola etilgan.

Hujjatga muvofiq, 2022 yil 1 iyuldan boshlab qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdolarida qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzishda sotuvchi (emitentdan tashqari) foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yig‘im to‘lashi tartibi o‘rnatilishi qalamga olingan.

Shu bilan birga, 2022 yil 1 apreldan boshlab mahalliy emitentlarga anderrayterning tavsiyasiga ko‘ra, o‘z aksiyalarini «Toshkent» RFBda dastlabki joylashtirishdan so‘ng xorijiy fond bozorlarida joylashtirish yoki bir vaqtning o‘zida mahalliy va xorijiy fond birjalarida joylashtirish huquqi berilishi ham ma’lum qilingan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda saylov qonunchiligining ri...

Kecha Latviyaning yetakchi “LETA” axborot agentligi elektron portalida «Yangi O‘zbekiston ...

BAA bosh axborot agentligi O‘zbekiston ...

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bosh axborot agentligi - «Emirates News Agency»da «O‘zbe...

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘z...

Misr matbuoti mamlakat jamoatchiligini O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi so‘nggi...

So`nggi yangiliklar