Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Fevral/2020   Buxoro - Islom olami madaniyati poytaxti

«Kampirak devori»ning uzunligi 336 kilometr bo‘lgan

BUXORO, 10 fevral, /«Dunyo» AA/. Buxoro tarixi haqidagi asl haqiqatlar shahardagi qadimiy binolar va bugungi kunda ayrim joylarda qoldiqlari qolgan devorlarda namoyon bo‘ladi. Necha ming yillardan buyon viqor solib turgan qadimiy devorlar necha voqea-hodisalarga guvoh.  Devor so‘zining asl lug‘aviy ma'nosi “shaharning aylanma ko‘ylagi”, ya'ni shahar atrofini o‘rab olgan mudofaa inshooti, degan ma'noni anglatadi.


Afsuski, ko‘hna tarixdan so‘zlaguvchi bu inshootlar yildan-yilga nurab, afsonaga aylanmoqda. Buxoro vohasini o‘rab turgan devor xarobalari  hozirgi vaqtda vohaning turli hududlarida uchraydi. U xalq orasida «Kanpirak», «Kampir devor», «Devori Kanpirak» nomlari bilan mashhur.  Tarixiy kitoblarda Buxoro atrofida turli davrlarda ikkita devor barpo etilgani qayd etilgan. 

Ulardan biri bo‘lgan «Kampirak devor» ancha qadimiyroqdir. Ikkinchisi esa VIII-IX asrlarga oid hisoblanadi. Devor minoralar ko‘rinishidagi qal'alar va istehkomlar kabi qo‘shimcha himoya inshootlariga ham ega bo‘lgan. Arxeologik qazishmalar paytida devorlarni qurish bosqichlari va qurilish uskunalari aniqlandi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, devor  miloddan avvalgi III asrda qurilgan. 

Hozirgi kunda «Kapirak devori» ning  asosiy xarobalari Qizilpeta tumani hududida tuproq ostida yastanib yotibdi. Qadimda katta bir vohani dushmandan himoya qilgan bu ulkan inshoot Buyuk Xitoy devori kabi  katta mavqega ega bo‘lgan. Ma'lumotlarga qaraganda uning (Kampirak devori) - uzunligi 336 kilometr, kengligi 12-14 metr bo‘lgan ekan. U butun bir davlatni o‘rab olgan himoya devori hisoblangan. Asrlar davomida tabiat kuchlari va o‘zaro urushlar natijasida devor nurab, yemirilib, hozirga kelib uzun sun'iy qir holiga kelib qolgan. Qirning balandligi turli joylarda har xil bo‘lib, o‘rta hisobda 1 metrdan 3 metrgacha, hatto 4 metrgacha yetgan. Uning kengligi ham har joyda turlicha saqlangan va o‘rtacha 20-30 metrni tashkil etadi.

Istehkomga «Kampirak devori» nomining berilishi yuzasidan ham turlicha fikrlar ilgari suriladi. Manbalarga ko‘ra qadim Buxoro hukmdorlaridan biri ayol bo‘lgan. U mamlakatni tashqi dushman hujumlaridan saqlab qolish uchun kuchli istehkom qurishni buyuradi. Inshoot ayol hukmdorning qarilik - kampirlik davrida qurib bitkazilgani uchun unga shu nom berilgani haqida hikoya qiluvchi rivoyatlar saqlanib qolgan.

Arxeolog qazishmalar vaqtida devor xarobalari ostidan miloddan avvalgi VII va milodiy VII asrlarga oid turli urush qurollari, sopol idishlar, qishloq xo‘jaligi anjomlari, ayollarga tegishli taqinchoqlar va boshqa narsalar topilgan. Bu ashyolar devorning haqiqiy yoshini aniqlashdi muhim ahamiyat ega.

Qadimiy Buxoroning uzoq kengliklarini himoya qilgan «Kampirak devori»ning haligacha mavjudligi xalqimizga, xususan, yoshlarimizga o‘tmishdan saboq olib, kelajakni barpo etishga undab turibdi.

Jobir Xo‘jaqulov,
“Dunyo” AA

Mavzuga oid

Madaniyat vazirligida ISESCO delegatsiya...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida mamlakatimizda bo‘lib turgan ISESCO delega...

Rixiati Salih Najib: Buxoro qadim madani...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida 2020 yilda «Buxoro – Islom olami madaniyati...

O‘mon Sultonligining «Vijxat» gazetasida...

O‘mon Sultonligining ixtisoslashgan «Vijxat» gazetasida O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy h...

So`nggi yangiliklar