07/Dekabr/2022 Iqtisodiyot
TOSHKENT, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonda 971 ta avtobus ishlab chiqarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, avtobus ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 25,6 foizga oshgan.
Shu yilning yanvar oyida 1 ta avtobus, fevralda (67), martda (61), aprelda (118), may oyida (129), iyunda (107), iyulda (78), avgustda (152), sentyabrda (138) va oktyabr oyida 120 ta ushbu turdagi transport vositasi ishlab chiqarilgan.