Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyun/2020   Ilm-fan

Joriy yilda Prezident maktablariga qabul bo‘lmaydi

TOSHKENT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. Pandemiya sababli joriy yilda Prezident maktablariga qabul imtihonlari o‘tkazilmasligi maʼlum qilindi. O‘quvchilar qabuli esa kelgusi yildan davom ettiriladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zA manbasiga asoslanib.


“Pandemiya sababli yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sog‘ligini asrash, koronavirus xavfi bartaraf etilmagan sharoitda voyaga yetmagan o‘quvchilarning imtihonlar vaqtida katta sig‘imli binolarda uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xorijiy hamkorlardan – “Cambridge Assessment” tashkiloti vakillarining mamlakatimizga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo‘qligi bois istisno tariqasida joriy yilda Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilda o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga (beshinchi sinfdan o‘ninchi sinfgacha) hamda joriy yilda ochilishi rejalashtirilgan Surxondaryo viloyatidagi Ro‘zi Choriyev va Buxoro viloyatidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktablariga (yettinchi sinfdan) o‘quvchilar qabuli ham kelgusi yilda o‘tkaziladi.

Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni beshinchi sinflarga qabul qilish imtihonlari 2021 yilga qoldirilib, 2021/2022 o‘quv yilida o‘quvchilar beshinchi va oltinchi sinflarga qabul qilinadi.

Hukumat qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ijod maktablariga qabul yettinchi sinfdan amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, mavjud ijod maktablaridagi sinflar kontingenti to‘liqligini inobatga olgan holda, 2020/2021 o‘quv yilida yangi sinflar ochilishi nazarda tutilmagan.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, yaʼni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni qabul qilish masalasiga oid maʼlumot tegishli o‘rganishlardan so‘ng maʼlum qilinadi.

Mavzuga oid

Buxoroning ikki tumanida Raqamli texnol...

Qorako‘l va Olot tumanlarida aholini axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislikka o‘qi...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 52-Xalqaro ki...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida uchta medalni qo‘lga kiritdi....

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda bank...

O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Percetakan Nas...

So`nggi yangiliklar