Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Jiddada qishloq xo‘jaligi sohasidagi O‘zbekiston – Saudiya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga Davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Podshohlikning atrof – muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vaziri Abdulrahmon al-Fadli bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan maʼlum qilinishicha, tomonlarning diqqat markazida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishning joriy masalalari va istiqbollari bo‘ldi.

O‘zbekiston tomoni Saudiya Arabistonilik hamkorlarining tajribasi jalb qilinishi rejalashtirilgan aniq yo‘nalishlarni taklif qildi. Xususan, so‘z agrar sohada innovatsiyalarni joriy etish va taʼlim tizimini takomillashtirish loyihalari haqida bordi. Soha doirasidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlarining o‘zaro hamkorligini faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS) va Saudiya Arabistonining Barqaror qishloq xo‘jaligi Milliy ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Saudiya Arabistoni kompaniyalarini O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirishga kelishib oldilar. Bu, shubhasiz, O‘zbekistonda yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va keyinchalik Saudiya Arabistoniga eksport qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyada O‘zbekiston qishloq xo...

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi vakillari «C.G. Hacking & Sons Limited» kompaniyasi...

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasi...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Pirallaxin sanoat parkiga tashri...

OTB O‘zbekistonda infratuzilmaviy loyiha...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar