30/Mart/2023 Iqtisodiy diplomatiya
JIDDA, 30-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Saudiya Arabistonidagi «Al Shaer» xalqaro farmatsevtika zavodi, Misrdagi «Lotus Middle East Factory» farmatsevtika va nanotexnologiya zavodi, Italiyadagi «Krab Synergy» tibbiy jihozlar va dori vositalari zavodi rahbari Mahmud Umar Abdulmaksud Ashri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Mahmud Umar Abdulmaksud Ashri O‘zbekistonda dori vositalarini ishlab chiqarish hamda tekstil va qishloq xo‘jaligi sohalarida foydalanishi mumkin bo‘lgan nanotexnologiyalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi. U shuningdek, O‘zbekistonga zarur dori-darmonlarni eksportini yo‘lga qo‘yishga ham tayyorligini maʼlum qildi.
Muzokaralar natijasida ushbu xorijiy investorning may oyida aniq loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borish uchun O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etishga bo‘yicha kelishib olindi.