Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Sentabr/2021   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi


SEUL, 18 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari joriy yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir - O‘zbekiston Prezidenti saylovi, uni Koreya Respublikasi hududida tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Ulsan shahridagi «Hyundai Heavy Industries» kemasozlik zavodida bo‘lib, mazkur korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda o‘zbek diplomatlari ushbu kompaniya tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ularning konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha savollariga javob berdi. Uchrashuv davomida vatandoshlarga O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Koreya Respublikasi hududida tashkil etiladigan saylov uchastkalari, jumladan, Ulsan shahrida o‘tkaziladigan muddatdan oldin ovoz berish joylarini tashkil etish, o‘tkazish va ovoz berish tartib-qoidalari haqida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, elchixonamiz vakillari «Hyundai Heavy Industries» kompaniyasining xorijiy fuqarolar bilan ishlash departamenti boshlig‘i Kim Byong Su bilan uchrashuv o‘tkazib, kompaniya tarkibidagi zavodlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbek ishchilarining yashash, ovqatlanish, davolanish va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Shuningdek, uchrashuvda ushbu shaharda vaqtinchalik istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish va o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

Avstriyadan munosabat: Maqsadimiz bitta ...

Xorijda yashab tahsil olayotgan vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimi Man...

Bugun O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimi Qozog‘istonning Mangistau viloyati Aktau shahri...

Daniya poytaxtida O‘zbekiston fuqarolari...

O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasi tomonidan Daniya poytaxtida yashovchi yurtdoshlar...

So`nggi yangiliklar