Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyaning Tejong shahrida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishchi guruhining vatandosh yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi

 SEUL, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishchi guruhining Janubiy Koreyaga amaliy safari doirasida mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi ko‘magida Tejong shahrida yoshlar bilan uchrashuv uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AAV muxbiri.


Unda ushbu shahardagi Woosong universiteti hamda SolBridge xalqaro biznes maktabida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.

Delegatsiya vakillari tomonidan mamlakatimizda yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, huquq va manfaatlariga ustuvor darajada ahamiyat berilayotgani, bu borada alohida davlat tashkiloti – Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilgani, bundan tashqari, Yoshlar ittifoqi, uning huzurida o‘ttizdan ortiq nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritayotgani alohida qayd etildi. Ana shunday nodavlat tashkilotlardan biri - O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan, mehnat faoliyatini yuritayotgan va istiqomat qilayotgan yoshlarimiz bilan ishlaydigan yagona tashkilot ekanligiga eʼtibor qaratilar ekan, assotsiatsiya va uning Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi faoliyati hamda vazifalari haqidagi batafsil maʼlumotlar ham tilga olindi.

Uchrashuvda shuningdek, Yoshlar assotsiatsiyasining Tejong shahridagi koordinatorini tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgani barobarida joriy yil oxirigacha hamda keyingi yil davomida amalga oshiriladigan tadbirlar rejalari bo‘yicha ham kelishib olindi. 

Muloqot chog‘ida assotsiatsiyaning faoliyati hamda yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanilayotgani alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv savol-javoblarga ham boy bo‘ldi.

Mavzuga oid

Bosh konsullik xodimlari mehnat migrantl...

Mamlakatimiz Bosh konsullligi xodimlari Rostov-Don shahridagi “Sokol” qurilish kompaniyasi...

O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Che...

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Chelyabinsk viloyatining Che...

Yaponiyadan munosabat: Yangi fond faoliy...

Davlatimiz rahbarining «Vatandoshlar» jamoat fondini tuzish bo‘yicha tashabbusi Yaponiya...

So`nggi yangiliklar