Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Yanvar/2022   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyaning Puchon shahrida vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

SEUL, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning O‘zbekiston fuqarolari zich istiqomat qiladigan shaharlaridan biri - Puchon shahrida vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mazkur tadbir mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi hamda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi tomonidan tashkil etilib, “Instagram” tarmog‘i orqali onlayn shaklda yoritildi.

Tadbir davomida fuqarolarga mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiyot, taʼlim hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, vatandoshlarimiz tomonidan Koreya Respublikasida mamlakat tartib-qoidalarini buzish holatlari haqida ham so‘z yuritildi, ularning oldini olish bo‘yicha maʼlumot va tavsiyalar berildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan shartnoma asosida ishlayotgan ishchilarimizning muammolarini o‘rganish, yangi tartib qoidalar va boshqa masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasining vazifalari va unga aʼzo bo‘lishning yurtdoshlarimizga manfaatli tomonlari haqida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuvda bevosita ishtirok etgan vatandoshlar hamda mazkur tadbirni onlayn kuzatgan yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va mavjud muammolar bo‘yicha savollariga batafsil maʼlumot oldi.

Mavzuga oid

Koreya Respublikasi Migratsiya xizmati v...

O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi tomonidan Janubiy Koreya Adliya vazirligi tark...

Janubiy Koreyaning Chinchon shahridagi v...

Kecha mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi age...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan “Oltin daftar”ga kiritilgan yurtdoshlarimiz...

So`nggi yangiliklar