Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Yanvar/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan tabiiy kauchuk o‘simligini birgalikda yetishtirish masalalari muhokama qilindi

SЕUL, 26-yanvar. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida «DRB» kompaniyasining strategiya bo‘yicha maslahatchisi Kim Se Yon  va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Ramin Hasanov o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Uchrashuvda, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simlik genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining rahbar xodimlari ham ishtirok etdi.

Bo‘lib o‘tgan onlayn muloqot davomida O‘zbekistonda Qoqigul navli tabiiy kauchuk o‘simligini o‘stirish sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Kim Se Yon  O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari, unda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olingani, shuningdek, ushbu loyihani ilgari surish bo‘yicha keyingi qadamlar haqida ma’lumot berdi.

U «DRB»  avtomobil va qishloq xo‘jaligi sanoati, qurilish, tog‘-kon va boshqa sohalarda uchun rezina mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya ekanini ma’lum qildi.

Ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan xom ashyo ta’minotini diversifikatsiya qilish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida Janubiy Koreya tomoni «yashil» xom ashyo qidirish ishlarini ko‘rib chiqmoqda. Shu munosabat bilan, «DRB»  kompaniyasi O‘zbekistonda tabiiy kauchuk o‘simligini yetishtirish va undan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ekologik toza xom ashyo olish imkoniyatini aniqlash maqsadida o‘zbek olimlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish taklifini bildirdi.

Kim Se Yong O‘zbekistonda sanoat miqyosida kauchuk muvaffaqiyatli olinishi bilan mamlakat sanoati uchun xom kauchuk yoki tayyor rezina mahsulotlari shaklida eksport qilinadigan mahsulotlar turlarini kengaytirish mumkinligini ta’kidladi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi va O‘simlik genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirokida qo‘shma tadqiqotlarni muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Muzokaralar yakunida yaqin kelajakda amaliy natijalarga qaratilgan qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondan 5 ming ...

Xitoyning «Beijing Xinyu Yatong International Trade Co.Ltd» kompaniyasi bilan O‘zbekistond...

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston tibbiy vo...

Ayni paytda elchixonamiz “Health Line”ning Saudiya Arabistonidagi ishonchnomasini tayyorla...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar