Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Dolzarb

Janubiy Koreyadan munosabat: O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining muzokaralari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi


 SEUL, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Che Yon Xa Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini “Dunyo” axborot agentligiga taqdim qildi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik muloqotini yana-da mustahkamlash, tomonlarning o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikka qaratilgan faol tashqi siyosatini davom ettirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston va Qozog‘istonning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash istagi yuksak eʼtirofga sazovor, binobarin bu nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar kelajagi uchun juda muhimdir.

Ikki davlat so‘nggi yillarda turli sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Pandemiyaning global iqtisodiy oqibatlariga qaramasdan, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi joriy yil boshidan buyon qariyb 40 foizga oshdi va 2021 yil oxiriga qadar ikki tomonlama savdo aloqalari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich - 4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Bu galgi tashrif va uning doirasida o‘tkazilgan muzokaralar o‘zaro munosabatlarni yangi, yana-da yuqori pog‘onaga ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega.

Tashrif arafasida Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida sanoat hamkorligini yana-da rivojlantirish, O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiyotining qiyosiy ustunliklarini hisobga olgan holda uzluksiz qiymat zanjirlarini shakllantirish istiqbollari belgilab olindi.

Respublikalar iqtisodiyoti barqaror o‘sishni namoyish etmoqda. Bu holat ikki davlatning geografik yaqinligini inobatga olgan holda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng ikki davlat rahbarlarining ilk uchrashuvi, tashrif yakunlari bo‘yicha imzolangan hujjatlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi bilan birga mintaqadagi integratsiya jarayonlari rivojiga ham xizmat qilishi shubhasiz.

Mavzuga oid

Buxoro xalqaro forumida Belarusda yoshla...

www.belta.by saytida Belarus Milliy majlisi huzuridagi Yoshlar kengashi (parlamenti) raisi...

O‘zbekiston Afg‘onistonning Qunduz shahr...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mamlakatimiz joriy yil 8 oktyabr kuni Afg‘onistonning...

Turkiyadan munosabat: O‘zbekistonda tadb...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bi...

So`nggi yangiliklar