Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Janubiy Koreyadagi vatandosh: Men Konstitutsiyamizga kiritiladigan har bir o‘zgartirish mamlakatimiz fuqarolarining kelajakka bo‘lgan ishonchini yana-da oshirishiga xizmat qilishiga ishonaman

 SEUL, 2 iyul. /“Dunyo” AA/. “Daewoo Shipbuilding & Marine Engineering Co” kemasozlik kompleksi tarkibidagi “NOKSAN” kemasozlik zavodi payvandlovchisi Shahnoza Jo‘rayeva mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:


- Mamlakatimizda ayni muhim jarayon – konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida mutaxassislar, olimlar, turli jamoat tashkilotlari hamda  fuqarolarimizning takliflari, fikr-mulohazalari o‘rganilib, Bosh qomusimizni takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda bu boradagi qator ustuvor yo‘nalishlarga eʼtibor qaratar ekan, hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “INSON – JAMIYAT – DAVLAT” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarurligi,  insonning qadr-qimmati, shaʼni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerakligini bildirgan edil.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining yig‘ilish ishtirokchilariga nima uchun bugungi kunda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati yuzaga kelganligi masalasiga atroflicha to‘xtalib, o‘z qarashlarini bayon qilgani juda katta eʼtiborga loyiq, deb hisoblayman.

Chunki Prezidentimiz o‘z nutqida yangi yaratiladigan qomusimizda eng asosiy eʼtiborni mamlakatimiz xalqi manfaatlari, davlatning ichki va tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlari hamda uzoq kelajakni o‘z ichiga olgan barcha sohalarni eʼtibordan qoldirmasdan mujassamlashtirish lozimligiga katta eʼtibor qaratdi.

Men xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan oddiy bir fuqaro sifatida ushbu nutqni chuqur tahlil qilib, Bosh qomusimizga kiritiladigan har bir o‘zgartirish mamlakatimiz fuqarolarining kelajakka bo‘lgan ishonchini yana-da oshirishiga xizmat qilishiga ishonaman.

Ayni kunlarda esa Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgani ham yurtimizdagi barcha islohotlar birinchi navbatda inson qadri uchun ekanidan yana bir bor dalolatdir.

 

Mavzuga oid

Pokistonlik ekspertlar ishtirokida bo‘li...

Joriy yil 10 avgust kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan pokistonlik hamkorlar...

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Tehrond...

Mamlakatimiz elchixonasida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va q...

AQSHdagi vatandosh: Inson shaʼni va qadr...

«LA Moving Center Inc.» kompaniyasi bosh direktori Jamoliddin Yo‘ldoshev “Dunyo” AA uchun...

So`nggi yangiliklar