Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir tashkil etildi

SEUL. 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tashabbusi bilan Janubiy Koreyaning Iychjonbu shahrida vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Musobaqada ushbu davlatda vaqtincha istiqomat qilayotgan va turli tashkilotlarda mehnat qilayotgan vatandoshlar, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

16 jamoa ro‘yxatdan o‘tgan turnirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida "Mice Plus" homiy tashkiloti tomonidan maxsus sayt tashkil qilindi hamda unga musobaqa jarayoni bilan bog‘liq barcha maʼlumotlar muntazam ravishda kiritib borildi.

Musobaqa qatnashchilari Janubiy Koreyaning turli shaharlaridan kelgan vatandoshlardan iborat guruhlarga bo‘linib to‘p surdi. O‘yin jarayonlari hayajonli va kuchli raqobat muhitida o‘tdi. G‘olib jamoalarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ishtirokchilar bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilish xorijda bo‘lib turgan vatandoshlar uchun katta eʼtibor ekani, nafaqat ularning sog‘lom hayot tarzini taʼminlashdagi o‘rni, balki yurtdoshlarning bir-biri bilan yaqin muloqot o‘rnatishida ko‘prik vazifasini bajarishini taʼkidladi. Navbatdagi mini-futbol musobaqasini sentyabr oyida Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Avstriyadan munosabat: Maqsadimiz bitta ...

Xorijda yashab tahsil olayotgan vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ...

Pusan shahrida vaqtincha mehnat qilayotg...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shah...

Ozarbayjonda yashayotgan vatandoshlar uc...

O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi xodimlari vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘...

So`nggi yangiliklar