Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Janubiy Koreya uyushmasi rahbari bilan parrandachilik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi

SEUL, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbek diplomatlari Seulda Janubiy Koreya parrandachilik uyushmasi raisi Li Xong Je bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston “Parrandasanoat” uyushmasi va Janubiy Koreya parrandachilik uyushmasi o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Li Xong Je uyushma O‘zbekistonda naslchilik, ozuqa, tuxum va parranda go‘shti ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash, shuningdek, kasalliklarga qarshi kurash sohasida Janubiy Koreya tajribasini joriy etishga tayyor ekanligini bildirdi. Uyushma sanoat miqyosida parrandachilikda 60 yillik tajribaga ega bo‘lib, 5 mingga yaqin yirik va o‘rta kompaniyalar hamda Janubiy Koreyadagi ilmiy-tadqiqot institutlarini o‘z atrofida birlashtirgan. Ushbu tashkilot Janubiy Koreya bo‘ylab 88 ta vakolatxonalariga ega. Uyushmaning parrandachilik sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni keng yoritishga ixtisoslashgan maxsus jurnali bir oyda bir marotaba chop etiladi.

Uyda parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekistonga inkubatsiyalarni yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganish taklifini qo‘llab-quvvatlagan Li Xong Je uyushmaning yetakchi mutaxassislari va aʼzo kompaniyalari bu yo‘nalishdagi qo‘shma tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qildi.

«Uyushma aʼzolari parrandachilik, tuxum va parranda  go‘shti ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyalarni yetkazib berishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdordir», - dedi Li Xong Je.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Janubiy Koreya parrandachilik uyushmasi va O‘zbekiston “Parrandasanoat” uyushmasi o‘rtasida yaqin kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Xirosimada Yaponiya ishbilarmon doiralar...

O‘zbekiston elchixonasi Yaponiyaning "Balcom Group" kompaniyasi va Xirosima shahri savdo-s...

Atletiko Madrid» va O‘zbekiston futbol k...

amlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston turizm va sport vazirining xalqaro maslahatc...

O‘zbekistonning investitsiya siyosati mu...

O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotl...

So`nggi yangiliklar