Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Iyul/2022   Hamkorlik

Janubiy Koreya O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalar joriy etish loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi

TOSHKENT, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasi hukumati qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga grant ajratdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Grant mablag‘lari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS) huzurida Yuqorichirchiq tumanida Meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etish uchun 3,7 million AQSH dollar, «Aqlli qishloq xo‘jaligi» sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish uchun 14 million dollar, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va uning ko‘chatlarini ishlab chiqarish markazini tashkil etishga 3,7 million dollari yo‘naltiriladi.

Milliy markazda, shuningdek, dasturiy taʼminot hamda zamonaviy issiqxonalar bilan ishlash bo‘yicha IT-mutaxassislar va yuqori malakali murabbiylar o‘qitiladi.

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobidan belgilangan loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan yangi o‘quv markazlari, issiqxonalar, pitomniklar, namunaviy fermer xo‘jaliklarini tuzish bo‘yicha ijro etuvchi va masʼul organ etib belgilandi.

Mavzuga oid

Ozarbayjondan munosabat: Samarqand simmi...

Ozarbayjonning Topchubashov nomidagi tahlil markazi direktori Rusif Guseynov 15-16 sentyab...

Jahon banki O‘zbekiston energetika infra...

Kecha Toshkent shahrida Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladigan «Elektr energetika soha...

AQSH Kongressi delegatsiyasi O‘zbekiston...

Kecha tunda AQSH Kongressi delegatsiyasi O‘zbekiston - Amerika hamkorligining bugungi hola...

So`nggi yangiliklar