Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/May/2022   Jamiyat

Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

SEUL, 23-may. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligining Kyongi-Nambu provinsiyasi boshqarmasi tashqi aloqalar bo‘limi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri


Muloqot chog‘ida ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi idoralararo aloqalarni yana-da mustahkamlash masalalari xususida fikr almashdi.

Koronavirus pandemiyasiga qaramay, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Janubiy Koreya vakillari O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro axborot almashish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish tomonlarga xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘zaro tajriba almashishda yaxshi samara berishi taʼkidlandi.

Mavzuga oid

"O‘zbekiston – sayyoh va suratga oluvchi...

Tadbirda “Sony Middle East & Africa” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Takakio Fujita ish...

«Raqamli iqtisodiyot, inson huquqlari s...

«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» hamda Inson huquqlari Milliy ...

“The Diplomat”: Oʼzbekiston faolligi uni...

“The Diplomat” xalqaro ixtisoslashgan nashrida bosh muharrir Ketrin Puttsning “Oʼzbekiston...

So`nggi yangiliklar