Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Jakartada O‘zbekiston va Indoneziya hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

JAKARTA, 29-iyul. /“Dunyo” AA /. O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov Indoneziya parlamenti Vakillar palatasi spikerining Fuqarolar farovonligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muhaimin Iskandar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

Indoneziya tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.

Parlament aʼzosi Indoneziya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stona munosabatlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuningdek, milliy va xalqaro darajada o‘zaro tushunish hamda qo‘llab-quvvatlashning yuqori surʼatda ekani taʼkidladi.

Muhaimin Iskandar O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi butun dunyodan, shu jumladan Indoneziyadan musulmonlarni jalb qilishini aytdi. Shu munosabat bilan ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish, xususan, indoneziyaliklarga «O‘zbekiston + Ziyorat» va «O‘zbekiston + Umra» turistik paketlarini ishlab chiqish taklif qilindi.

Shuningdek, tadbirda “Jakarta-Toshkent-Jakarta” va “Jakarta-Toshkent-Jakarta-Jidda” yo‘nalishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muntazam xalqaro aviareyslar tiklanganidan keyin Muxaimin Iskandar boshchiligidagi Indoneziya parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Dehlida Hindiston importchilari savdo-sa...

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasida Hindiston importchilari savdo-sanoat palatasining...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Bugun Buxoro shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligi delegatsiyasining O‘zbekiston Respubl...

Yevropa bozoriga kirish uchun quritilgan...

Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasining tijorat standartlari bo‘yicha 67...

So`nggi yangiliklar