Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Yanvar/2022   Siyosat

Jahon hamjamiyati auditoriyasida O‘zbekiston imijini yuksaltirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligi oshiriladi

TOSHKЕNT, 5-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida  jahon hamjamiyati auditoriyasida mamlakatimiz imijini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish vazifalari nazarda tutilmoqda, deb xabar qilayapti «Dunyo» AA muxbiri.


Farmon loyihasida, xususan, «Dunyo» axborot agentligi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va jahondagi yetakchi axborot agentliklari bilan hamkorlikni yanada jadallashtirish vazifalari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston imidjini jahon sahnasida ilgari surishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatimizda islohotlarning borishi, jamiyatni demokratik yangilash jarayonlari haqida xolis axborot tarqatishning samarali davom ettirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, xorijiy davlatlarda o‘zbek tili, madaniyati va milliy an’analarimizni keng ommalashtirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lgan Alisher Navoiy xalqaro institutini tashkil etiladi.
Xorijda keng axborot kampaniyasini o‘tkazish, jumladan, nufuzli xorijiy OAVda O‘zbekiston haqidagi materiallarni e’lon qilishni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining asosiy diplomatik vakolatxonalariga moliyaviy resurslar ajratiladi.

Yevropa mamlakatlarining siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, ishbilarmon, madaniy-gumanitar va tahliliy doiralari vakillari bilan doimiy muzokaralar olib borish, ularga O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida xolis axborot yetkazish ta’minlanadi.

Xorijda keng maqsadli targ‘ibot tadbirlarini, jumladan, O‘zbekiston madaniyat kunlari, davra suhbatlari, ko‘rgazmalarni o‘tkazish yanada kuchaytiriladi.

Chet ellarda O‘zbekistonning yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun Vatandoshlar resurslarini jalb qilinadi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro media makonda xolisona yoritishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.

Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligi va sohada mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda istiqbollarni belgilab olish uchun qulay media-maydon yaratiladi.

Xalqaro axborot bozorlariga chiqish, O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish mexanizmlari, vositalari va kanallarini birgalikda ishlab chiqish, xalqaro maydonda PR-sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatatiladi.

Farmon loyihasi bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga jo‘nab k...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vl...

Merit Foss: O‘zbekiston COVID-19 tarqalg...

Shavkat Mirziyoyevning videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar ham...

Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand veb-f...

O‘zbekiston Respublikasining BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy ...

So`nggi yangiliklar