Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Hamkorlik

Jahon banki O‘zbekistonda BPO markazlarini tashkil etishga ko‘maklashadi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida so‘nggi yillarda mamlakatimiz salmoqli yutuqlarga erishayotgani taʼkidlandi. Shu qatorda zamonaviy normativ-huquqiy baza yaratilib, iqtisodiyotning strategik tarmoqlariga axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» keng ko‘lamli dasturi amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv davomida BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishga alohida eʼtibor qaratildi. Yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini oshirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi aytib o‘tildi.

Jahon banki ishtirokida «O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish» loyihasi doirasida BPO markazlarini tashkil etishga ko‘maklashish va ularni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar sohani yana-da takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi hamda loyihalarni hamkorlikda samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Mavzuga oid

Toshkentda MDHga aʼzo davlatlarning sano...

Kecha Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Sanoat siyosati bo‘yicha kengashini...

O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyada jah...

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va Turizm va madaniy meros vazir...

Dehlida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindis...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining tashrifi doirasida Dehli shahrida O‘zbekiston Bosh ...

So`nggi yangiliklar