Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyul/2022   Hamkorlik

Jahon banki O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi

TOSHKENT, 16-iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha Toshkent shahrida Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladigan «Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish» loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Energetiki vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, loyiha O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga, jumladan, 22 ta eskirgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirishga ko‘maklashadi, bu esa ularning quvvatini 912 MVtga yetkazadi, shuningdek, 11 ta hududda yangi 500 kVli podstansiya va elektr uzatish tarmoqlarini qurishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, loyiha Sirdaryo IESning ishlab chiqarish quvvatlaridan Toshkentgacha poytaxtning elektr energiya isteʼmolchilari va sanoat quvvatlari uchun 220 va 500 kV tarmoqlarini qurishni o‘z ichiga oladi.

Ushbu ishlar uchun  Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (Jahon banki guruhi) tomonidan 380 million AQSH dollari, Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan esa 43 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratilmoqda.

«Ushbu yangi loyiha 32 millionga yaqin isteʼmolchini ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga yordam beradi. Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli yangi loyihalarni elektr tarmoqlariga ulash imkonini taqdim etadi», dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

Mavzuga oid

Saraton kasalligini davolashning innovat...

Amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston innovatsion rivojlanish v...

Yaponiya mediakompaniyasi tomonidan Sama...

O‘zbekistonning Tokio shahridagi elchixonasi tomonidan mamlakatimiz turizm salohiyatini ke...

Milliy palata ko‘magida Janubiy koreyali...

Janubiy koreyalik shifokorlar «tanglay yorilishi» diagnozi qo‘yilgan 20 nafarga yaqin o‘zb...

So`nggi yangiliklar