Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSVda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Hurram Teshaboyev hamda Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Har ikki mamlakat bozorlariga yetkazib berilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlar turlarini kengaytirish hisobiga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar to‘qimachilik, charm-poyabzal, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va avtomobilsozlik kabi istiqbolli tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Savdo-sanoat palatalari vakillari va ularga aʼzo kompaniyalar ishtirokida doimiy onlayn davra suhbatlari o‘tkazishni nazarda tutgan holda, ikki tomonlama savdoning eksport-import salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishildi.

 

Mavzuga oid

FAO “Bir mamlakat – bir ustuvor mahsulot...

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qarorgohida “Bir mamlakat – bir u...

Yaponiya O‘zbekistonga Buyuk Ipak yo‘li ...

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) Yaponiya hukumati bilan qiy...

Saudiyalik tadbirkor tarixiy vatani O‘zb...

Uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga yet...

So`nggi yangiliklar