Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Yanvar/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida sanoat va qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar kelishib olindi

TOSHKЕNT, 18-yanvar. /«Dunyo» AA/. Turkmaniston hukumat delegatsiyasining  mamlakatimizga tashrifi doirasida kecha Toshkent shahridagi «Texnopark» sanoat majmuasi hududida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va sanoat salohiyatining ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan (ITSV) ma’lum qilinishicha, delegatsiya a’zolari O‘zbekistonning kimyo, neft-gaz, farmatsevtika, elektrotexnika, to‘qimachilik, ipak, charm-poyabzal yo‘nalishlaridagi stendlari bilan tanishdilar. Qishloq xo‘jaligining turli sohalariga, jumladan, meva-sabzavotchilik, issiqxona xo‘jaliklari, urug‘chilik, kartoshkachilik, parrandachilik, baliqchilik va chorvachilikka oid stendlar ham namoyish etildi. Bundan tashqari, Turkmaniston delegatsiyasi rahbari turli-tuman xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan «Texnopark» majmuasining sanoat quvvatlari bilan ham atroflicha tanishdi.

Turkmaniston tomoniga O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi. Ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, istiqbolli sohalarda tajriba va texnologiyalar almashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Ozarbayjon qishloq x...

O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov Ozarbayjon qishloq xo‘jaligi vaziri Inam Kerimov bi...

Pokistonga to‘qimachilik, meva-sabzavot ...

Jizzax viloyati hokimligi rahbariyati, «Jizzakh Textile» kompaniyasi mutasaddilari va Poki...

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Ve...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar