Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Sentabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: O‘zbekiston va Janubiy Koreya vakillari Erkin savdo to‘g‘risidagi Bitim loyihasi bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib oldilar


TOSHKЕNT, 25-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV)  videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risida bitim loyihasi yuzasidan navbatdagi sessiyalararo muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

ITSV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Obidov hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligining Erkin savdo bitimlari bo‘yicha bosh direktori Yang Gi Uk ishtirok etdi.

Tomonlar Bitim loyihasini ko‘rib chiqdilar hamda ayrim tovarlarga qo‘llanaladigan tarif cheklovlarini soddalashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar chog‘ida joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan 1-tur muzokaralar yakunida hujjat loyihasini kelishish jarayonida erishilgan sezilarli yutuqlar, shuningdek, ikki mamlakat ekspertlarining yuqori professionalligi qayd etildi.

Muloqot yakunida yaqin kelajakda amaliy natijalarga erishish maqsadida muzokaralarni jadallashtirishga kelishildi. Joriy yilning oktabr va noyabr oylarida muzokara jarayoni hamda tegishli ishlar doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar jadvali belgilab olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi sav...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va ta...

ITSV: «Rothschild & So» kompaniyasi O‘zb...

Toshkentda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vazir...

So`nggi yangiliklar