Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: O‘zbekiston BMT YEIKning savdo salohiyati va standartlari bo‘yicha Boshqaruv qo‘mitasi 7-yillik majlisida ishtirok etdi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Abidov boshchiligidagi delegatsiya 27-28 iyun kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining (BMT YEIK) Savdo salohiyati va standartlari bo‘yicha Boshqaruv qo‘mitasining (SSSBQ) yillik yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilarining BMT YEIK Ijrochi kotibining o‘rinbosari Dmitriy Maryasin, Jahon savdo tashkiloti Bosh direktorining o‘rinbosari Syanchen Chjan, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Rolm Astxana, BMT YEIKga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar (JST, UNCTAD, BMT/JST xalqaro savdo markazi) va bir qator NNT vakillaridan iborat tarkibi kun tartibining muhimligidan dalolat beradi.

Boshqaruv qo‘mitasi sessiyasida BMT YEIK bilan hamkorlikda O‘zbekistonda savdo sohasida joriy etilgan tartibga soluvchi va protsessual to‘siqlarni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihaning natijalari va tavsiyalari taqdim etildi va muhokama qilindi.

Ushbu tadqiqot respublika tashqi savdosining yana-da barqaror o‘sishini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilmoqda. Bu o‘rinda so‘z BMT YEIK baholash metodologiyasidan foydalangan holda savdo sohasidagi tartibotlarni yengillashtirish, normativ aktlarni xalqaro meʼyorlar bilan standartlashtirish va garmonizatsiyalash haqida bormoqda.

Tadbir ishtirokchilari Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot Strategiyasi doirasida davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni va tashqi savdo rejimini erkinlashtirishga yuqori baho berdilar. Taʼkidlanishicha, BMT YEIK tadqiqoti mamlakatda savdo sohasini va iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Ishtirokchilar O‘zbekistonning intilishlarini, jumladan, Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lish jarayoni fallashganligining dolzarbligini taʼkidladilar. Eslatib o‘tamiz, 21-22 iyun kunlari respublikaning Tashkilotga qo‘shilishi bo‘yicha JST Ishchi guruhining 5-yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan BMT YEIK Boshqaruv qo‘mitasining qarorida Tashkilotga aʼzo davlatlarning global iqtisodiyotga yana-da integratsiyalashuvi va barqaror rivojlanish uchun savdo imkoniyatlaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhimligi eʼtirof etilgan.

BMT qo‘mitasi bo‘lajak donorlarni berilgan tavsiyalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha mablag‘ ajratish imkoniyatlarini o‘rganishga chaqirdi.

Mavzuga oid

ITSV: O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasi...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari...

Xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda f...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Far...

O‘zbekiston fuqarolarini Finlyandiyaga i...

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsi...

So`nggi yangiliklar