Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Iqtisodiyot

ITSV: Mahalliy to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlari Yevropaning eng yirik savdo ko‘rgazma maydonlarida namoyish etiladi


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalari vakillari 1-11 dekabr kunlari Polsha, Italiya, Fransiya va Ispaniyada biznes-turda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Biznes-tur Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan  O‘zbekiston joriy yilning aprel oyida Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimining benefitsiari maqomiga ega bo‘lishi natijasida mamlakatimizga taqdim etilgan imtiyozlardan samarali foydalanish, shuningdek, milliy mahsulot va brendlarni Yevropaning eng yirik bozorlariga olib chiqish maqsadida tashkil etildi. Ushbu maqom Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 6 ming 200 tovar pozitsiyasini, shu jumladan, to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoati mahsulotlarining keng assortimentini bojsiz import qilish huquqini beradi.

Biznes-tur doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda O‘zbekistonning 50 dan ortiq yirik tadbirkor va eksportchilari, Yevropaning 200 dan ortiq korxonalar, ishlab chiqaruvchilar va savdo kompaniyalari ishtirok etadi.

Tur Varshava shahri (Polsha)dan boshlandi. Bu yerda 1-3 dekabr kunlari Yevropaning eng yirik «Fast Textile» to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unda to‘qimachilik hamda tikuv-trikotaj tarmog‘ining 44 nafar o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarini taqdim etadi.

Taʼkidlash joizki, hech qachon bir vaqtning o‘zida bu miqdordagi mahalliy korxonalar xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etmagan.

Tashrif doirasida navbatdagi tadbirlar Milan (Italiya) hamda Parij (Fransiya) shaharlarida tashkil etiladi. Bu yerda dunyoning eng yirik brendlari ishtirokida onlayn hamda bevosita shaklda biznes-forum va “B2B” muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatidagi so‘nggi yutuqlar, Yevropa ishlab chiqaruvchilari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari hamda yirik brendlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Safarning yakuniy tadbirlari Ispaniyaning Barselona hamda Valensiya sanoat shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda ham Ispaniya yengil sanoati vakillari bilan biznes-forum va ishbilarmonlar o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Qo‘shma investitsiyaviy loyihalar va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarni nazarda tutgan holda biznes-tur O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va tarmoq assotsiatsiyalarining xorijiy ishbilarmon doiralari bilan hamkorligini chuqurlashtirishning samarali vositasi bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

“O‘zbekneftgaz”: Markazlashgan ma’lumotl...

“O‘zbekneftgaz” AJ barcha bo‘linmalar uchun umumiy axborot markazini boshqarishning markaz...

Turkiyaning sanoat zonalarini boshqarish...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligidagi mamlakati...

Yevropa standartlashtirish tashkiloti va...

O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi ko‘magida “O‘zstandart” age...

So`nggi yangiliklar