Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: 2022 yilda Toshkent shahrida Yaponiyaning kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari ishtirokida ikkinchi konferensiya o‘tkaziladi


TOSHKENT, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va “Toshkent-Nagoya” do‘stlik assotsiatsiyasi bilan birgalikda «O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi dinamikasi va O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari» mavzusida onlayn-anjuman o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, Yaponiya elchixonasi vakillari, shuningdek, Nagoya shahrining 40 dan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etdi.

Yaponiya ishbilarmonlik doiralari vakillariga O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar, turli sohalarga ilg‘or yapon texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollari haqida maʼlumot berildi.

Anjuman doirasida O‘zbekiston tadbirkorlarining Yaponiya kompaniyalari bilan ikki tomonlama muloqotlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, turizmni rivojlantirish sohasida hamkorlik o‘rnatish yuzasidan «Smile Tourist», mehnat migratsiyasi sohasida  «HRS Japan Co, Ltd.» va  boshqa kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida 2022 yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida Yaponiyaning kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillarining bevosita ishtirokida 2-konferensiyani tashkil etishga kelishildi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaga Farg‘ona viloyatidan 50...

“Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasining charter yuk reysi Farg‘onadan to‘g‘ridan-to‘g‘...

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari i...

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi va O‘zbekiston Eksportni rag‘batlantirish agentli...

Hindistonlik hamkorlar bilan O‘zbekiston...

Respublikamizning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida “O‘zavtosanoat” AJ hamda Hindistonn...

So`nggi yangiliklar