Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Yanvar/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Italiyaning O‘zbekistondagi va mamlakatimizning Italiyadagi elchilari Yashnobod «Texnopark»iga tashrif buyurdi

TОSHKЕNT, 13 yanvar. / «Dunyo» AA/. Bugun Italiyaning O‘zbekistondagi Elchisi  Agostino Pinna va Mamlakatimizning Italiyadagi Elchisi  Otabek Akbarov Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi  «Texnopark»da bo‘lib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar, Italiya kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar. Italiya tomoni bilan investitsiya loyihalarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA muxbirlari Muzaffar Komilov va Anvar Ilyasov (foto).


Elchilar lift va eskalatorlar, muzlatgich, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, gaz hisoblagichlar, suv nasoslari, qoliplar ishlab chiqarish jarayonini kuzatdilar.

«Texnopark»da  Italiyaning «Pietro Fiorentini»  kompaniyasi bilan hamkorlikda «Osten» brendi ostida zamonaviy gaz hisoblagichlari ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. 2020 yil fevral oyida faoliyat boshlagan korxonada  500 ta ish o‘rni yaratildi. Yiliga 3,5 million dona gaz hisoblagich ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ahamiyatlisi, gaz hisoblagichlarining aksariyat qismlari shu yerning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov ayni paytda mamlakatimizdagi qator korxonalarda Italiyaning ilg‘or texnologiyalari va uskunalaridan  keng foydalanilayotganini ta’kidladi. Xususan, bu Italiyaning «Pietro Fiorentini», «Terranova»  va boshqa kompaniyalari bilan tashkil etilgan innovatsion gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarishga ham tegishli.

Bu yerda ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va ularni xorijiy davlatlarga eksport qilish maqsadida doimiy ishlab chiqarish jarayoni uchun bir necha smenada ish tashkil etilgan.

Ushbu loyihaga parallel ravishda  isitish qozonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun «Ferroli», shuningdek, kompressorlar ishlab chiqarish uchun «Embraco»  kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Joriy yilda gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish liniyasi bilan birga Italiya kompaniyalari ishtirokida ikkita korxona tashkil etiladi.

Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilayotganini ta’kidlamoqchiman. Eski ishlab chiqarish uskunalari zamonaviylari bilan almashtirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Italiya o‘zining yangi texnologiyalari, muhandislari va nou-xaulari bilan ushbu jarayonda faol ishtirok etishi mumkin.

Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna hamkorlikda tashkil etilayotgan korxonalar O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi savdo hajmining ortishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

— Men O‘zbekistondagi elchi lavozimiga tayinlanganimdan keyin ilk marta Yashnobod «Texnoparki»ga keldim. Aytishim mumkinki, bu yerda amalga oshirilgan ulkan ishlar meni hayratga qoldirdi. «Texnopark»da bo‘lish va xorijiy investorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilganligini ko‘rish men uchun juda yoqimli. Xususan, Italiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri «Pietro Fiorentini» bilan zamonaviy gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu kompaniyaning O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgani va faol ishlayotgani quvonarli. Qisqa vaqt ichida zarur ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatildi va hozirda ishlab chiqarish  jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

O‘ylaymanki, ushbu loyiha mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining ortishiga turtki beradi va Italiya biznesining O‘zbekistondagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Italiya kompaniyalari uchun yangi istiqbollarni ochadi. «Texnopark»ka kelishdan oldin televizorda ushbu loyiha to‘g‘risidagi lavhani ko‘rganman. Ammo bularning barchasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish yaxshiroq bo‘ldi, albatta.  Ta’kidlashim kerakki, ayni paytda O‘zbekistonga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan yana ikkita Italiya kompaniyasi bilan muzokaralar davom etmoqda.

Mehmonlarga «Texnopark» faoliyati va Italiya kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan keyingi loyihalar bo‘yicha taqdimot namoyish etildi. Taqdimotda 2021 yil oxiriga qadar import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yana 11 ta yirik investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilganligi ta’kidlandi. Barcha loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 12 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi.

Italiyaning «Pietro Fiorentini» kompaniyasi 70 yildan ortiq tajribaga ega va u butun dunyoda yuqori sifatli gaz hisoblagichlari ishlab chiqaruvchisi sifatida ma’lum. «Terranova» ham  gazni boshqarish va o‘lchash uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalari biri hisoblanadi.

Taqdimotda, shuningdek, Italiyaning «Ferroli»  kompaniyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, yiliga 100 kilovattdan 6 megavattgacha bo‘lgan 2 mingta qozonxonalar ishlab chiqarishi aytib o‘tildi. Mazkur loyiha uchun sarmoyalarning taxminiy hajmi 7,5 million dollarga teng. Korxona joriy yilning sentabr oyigacha to‘liq ishga tushurilishi rejalashtirilgan. Bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun zarur ehtiyot qismlar to‘liq mahalliylashtiriladi. Qozonxonalar Yevropa standartlari asosida ishlab chiqariladi.

16 ta sanoat tarmog‘ini, shuningdek, logistika markazini birlashtirgan «Texnopark», Markaziy Osiyoda ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan ko‘plab sanoat, texnik, elektron, qurilish va maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng ilg‘or va istiqbolli kompleksga aylanishi ta’kidlandi.

Mavzuga oid

ITSVda O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi ma...

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sar...

BAA va O‘zbekiston to‘qimachilik va qis...

Mamlakatimiz elchixona xodimlari Birlashgan Arab Amirliklari savdo-sanoat palatalari fede...

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sanoat, i...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Xitoy Uskunalar va elektron mahsulotlar importi va...

So`nggi yangiliklar