Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Sentabr/2022   O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi

Italiyadan tabrik: Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

RIM, 6-sentabr. /“Dunyo” AA/. BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) O‘zbekiston bo‘yicha masʼul direktori Fidi Rajonson davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan o‘zbekistonliklarga bayram tabrigini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi nomidan O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

2011 yil O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasiga qo‘shilganidan buyon muhim hamkorimizga aylandi.

Ushbu xalqaro jamg‘arma O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish yo‘lidagi tarixiy qadamlariga hissa qo‘shib kelmoqda.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar qatorida inklyuziv va barqaror oziq-ovqat tizimini rivojlantirishdagi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildiraman.

Mazkur xalqaro jamg‘arma O‘zbekistonda qishloq joylarda farovonlikni oshirish, kichik ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini yuksaltirish va qishloq aholisi, ayollar va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qatʼiy intiladi.

Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!

Mavzuga oid

Italiyadan tabrik: O‘zbekistonda amalga ...

Italiya jamoatchiligi vakillari 1-sentyabr – Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘zbekisto...

Tojikistondan qutlov: O‘zbekistonga tinc...

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Tojikistonning So‘g‘d vilo...

O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi ...

Diplomacy.co.il diplomatiya yangiliklari portalida mamlakatimizning Tel-Avavdagi elchixon...

So`nggi yangiliklar