29/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
RIM, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Italiyaning «La Sapiyensa» universiteti talabasi, vatandoshimiz Mohichehra Xursanova “Dunyo” AA uchun intervyusida O‘zbekistonda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- Bugungi kunda mamlakatimizning keyingi taqdirini belgilashda o‘ta muhim bo‘lgan Bosh qomusimizga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tahlil va muhokamalar qizg‘in kechmoqda
Maʼlumki, gender masalasi barcha zamonlarda dolzarbligi bilan ajralib turgan. Mazkur loyihada ham mehnat munosabatlarida xotin-qizlar duch keladigan muammolarga aktual yechim sifatida bir qator moddalarga o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Aynan shu sohada tahsil olayotgan yosh talaba qiz sifatida bu taklifni qo‘llab-quvvatlayman. Ushbu normalar xotin-qizlar va ularning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga yechim bo‘lishiga, kelgusi muammolar oldini oladi, deb o‘ylayman.
Konstitutsiya millat taqdirini belgilab bredigan muhim hujjat, unga kiritilayotgan har bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar xalqimiz va O‘zbekistonimiz istiqboli uchun juda qimmatlidir.