Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Italiya OAV O‘zbekistondagi saylov kampaniyasi haqida


RIM, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi tafsilotlari Italiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, Italiyaning «Gazzetta di Napoli»«Gazzetta di Roma»«Gazzetta di Milano»  gazetalarida va “Askanews”  onlayn-gazetasida YEXHT DIIHBning O‘zbekistonda Prezident saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi ochilganini rasman eʼlon qilgani haqida materiallar chop etildi.

Italiya gazetalarida bosilgan ushbu mavzudagi maqolalarda Ouen Merfi boshchiligidagi 39 kuzatuvchidan iborat missiya 24 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab o‘z faoliyatini boshlagani xabar qilingan. «Yana 250 nafar kuzatuvchi YEXHTga aʼzo davlatlar tomonidan taqdim etiladi va ular ovoz berishdan bir necha kun oldin O‘zbekistonga yetib keladi. Yakuniy saylov hisoboti saylov kunidan keyin ikki oy o‘tib eʼlon qilinadi», - deb yozadi Italiya OAV.

Missiya saylovlarning YEXHT majburiyatlari, demokratik saylovlarning boshqa xalqaro majburiyatlari va standartlariga hamda milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.

«Kuzatuvchilar saylovning asosiy jihatlarini, jumladan, saylovchilarni ro‘yxatga olish, saylov kampaniyasi, saylov komissiyalari va tegishli davlat organlari ishini kuzatib boradi, - deyiladi nashrlarda. - Missiya mutasaddilari saylov qonunchiligi va uning qo‘llanilishini, shuningdek, saylov bilan bog‘liq nizolarni hal etish masalalarini tahlil etadi. Missiya savlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini ham kuzatib boradi».

 Materiallarda, shuningdek, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish uchun monitoring davomida muvaqqat hisobot eʼlon qilinishi taʼkidlangan. Saylovdan keyingi kuni DIIHB matbuot anjumani o‘tkazadi va unda o‘zining dastlabki xulosalarini taqdim etadi. DIIHB saylovda ovoz berish jarayoni tugaganidan ikki oy o‘tgach, kuzatuv natijalarini umumlashtiruvchi va tavsiyalardan iborot yakuniy hisobotni eʼlon qiladi.

Mavzuga oid

Qozog‘iston mintaqalarida istiqomat qilu...

Shanba kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish Chimkentdagi Qoz...

Sibir federal okrugi hududida yashovchi ...

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Omsk viloyatidagi “Lima...

Turkiyaning Konya shahridagi O‘zbekiston...

Joriy yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir - O‘zbekist...

So`nggi yangiliklar