Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ISTVda fuqaro aviatsiyasi sohasida taniqli turk mutaxassisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha fuqaro aviatsiyasi sohasida taniqli turk mutaxassisi, «Turkish Airlines» Direktorlar kengashining sobiq raisi Ilker Ayji bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Transport vazirligi rahbariyati ham ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston havo transportida tashuvchilarining raqobatbardoshligini oshirish va ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirishga xususiy investorlarni jalb qilishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Turkiya vakili havo transportida tashish sohasida Turkiyaning ilg‘or tajribasini joriy etishga ko‘maklashish va ushbu sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro munosabatlarning muhokama qilingan yo‘nalishlari doirasidagi amaliy hamkorlikdan manfaatdorligini bildirdi.

 

Mavzuga oid

Ispaniya kompaniyasi Samarqandda maxsus ...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida “SamAuto” MCHJ rahbarlarining Ispaniyaga amaliy safari t...

O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmas...

O‘zbekistonda «Ayollar tadbirkorligi haftaligi» doirasida joriy yil 19 noyabr kuni O‘zbeki...

«Hindiston-Markaziy Osiyo» ishbilarmonla...

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Hindiston savdo-sanoat palatalari fed...

So`nggi yangiliklar