Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2022   Ilm-fan

Istanbulda davra suhbati bo‘lib o‘tdi

ISTANBUL, 18-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi  “O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik”, “O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish” jamiyati singari diaspora tashkilotlari va “Yulduzpermit” konsalting shirkati bilan o‘zaro hamkorlikda Aydin universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik faol talabalar va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar ishtirokida davra suhbatini tashkil qildi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir ibtidosida mazkur taʼlim yurti rektorining o‘rinbosari professor Zafer Aslan ikki mamlakat o‘rtasida taʼlim sohasida jadal rivojlanayotgan hamkorlik masalasiga atroflicha to‘xtalar ekan, ushbu o‘quv muassasasida 120 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotganini aytdi. U taʼlim yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari tobora ravnaq topayotganidan mamnuniyat bildirdi.

O‘z navbatida, Bosh konsul A.Agzamxodjayev tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda barqaror rivojlanish, yoshlarni munosib hayot kechirishi maqsadida taʼlim, ilm-fan madaniyat va maʼnaviyat taraqqiyotini taʼminlashga yo‘naltirilgan islohotlar, bularga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarda ham alohida eʼtibor berilayotganligi to‘g‘risida atroflicha maʼlumot berdi.

Shuningdek, konsullik muassasasi rahbari yoshlarni xorijda bo‘lib turgan davrda o‘zbek xalqi madaniyati, tarixi, urf-odati va sanʼatining insonparvarlik jihatlarini ko‘rsatish orqali yaxshi nom qoldirishga eʼtiborni qaratish, shuningdek, respublikaning turli sohalardagi muvaffaqiyatlarini keng targ‘ib qilishda hissa qo‘shishga daʼvat qildi.

Shu maqsadda yoshlarga Bosh konsulxona bilan hamkorlikda madaniy-maʼrifiy loyihalarni amalga oshirish taklif qilindi.

“O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik” jamiyati rahbari Chokay Kochar o‘z tashkilotiga asos solinishi tarixi, maqsad va vazifalari haqida so‘zlab berdi.

“O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish” jamiyati rahbari Ozoda Islomova Turkiyada murakkab ahvolga tushgan ayollarimizga ko‘rsatayotgan ko‘magi haqida atroflicha so‘zlab berdi.

Istanbuldagi barcha oliy o‘quv yurtlaridagi o‘zbekistonlik talabalarni yana-da jipslashtirish, Bosh konsulxona tomonidan yoshlar uchun futbol va shaxmat kabi sport musobaqalari tashkil qilish, yoz mavsumida Turkiyadagi mehmonxonalarda mehnat faoliyati yuritish hamda o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida Istanbuldagi turistik zonalarda gidlik qilish uchun  ishga joylash kabi masalalarda ko‘mak ko‘rsatilishiga kelishib olindi.

Tashqi mehnat migratsiyasining Istanbuldagi vakili Abdurahmon Muhamedov vakolatxona faoliyati, uning  maqsad va vazifalari haqidagi maʼlumotlarni tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari bo‘yicha mamlakatimiz hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar va islohotlarning mazmun va mohiyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Uchrashuv savol-javoblarga ham boy bo‘ldi.

Mavzuga oid

Toshkent davlat sharqshunoslik universit...

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, shuningdek, Namangan va Xiva shaharlarida sha...

Germaniya elchixonasi talabalar va yosh ...

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Berlin deputatlar palatasi Ta’lim fondining stip...

O‘zbekiston va Isroil Fanlar akademiyala...

Kecha O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Isroil Fanlar akademiyasi o‘rtasida anglashuv Mem...

So`nggi yangiliklar