Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: O‘zbekiston-Ispaniya hamkorligini chuqurlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Ispaniya elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Markos Gomes Martinesni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

So‘nggi 5 yilda ikki taraflama iqtisodiy munosabatlarning natijalarini, xususan, o‘zaro savdo hajmi ikki barobar oshganini hamda O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar soni qariyb ikki karra ko‘payganini qayd etib, tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun foydalanilmagan salmoqli salohiyat mavjudligini eʼtirof etdilar.

Xususan, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, energetika, infratuzilmaviy qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi bu borada samarali vosita ekanligi qayd etildi. Tomonlar yaqin vaqt ichida Toshkent shahrida Komissiyaning birinchi yig‘ilishi va uning doirasida biznes-forumni o‘tkazishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan tashabbus va hamkorlik yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyun kuni Ispaniyaning yangi tayinlangan elchisi  Markos Gomes Martines O‘zbekiston TIV rahbariga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.

Mavzuga oid

Seulda Janubiy Koreya sug‘urta korporats...

Kecha mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston investitsiya va tashqi s...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

Yana bir Niderlandiya kompaniyasi O‘zbek...

O‘zbekistoning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi vakillari Niderlandiyaning “Baumanfr...

So`nggi yangiliklar