Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Vatandoshlarimiz

Istanbul shahri Binklich repatriatsiya markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

ISTANBUL, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan kecha Istanbul shahar hokimligi Migratsiya idoralari direksiyasi Binklich repatriatsiya markazi boshlig‘i Sechkin Bug‘day, masʼul xodimlari  hamda  bo‘lim boshliqlari Gyursel Dinch va Metin Yurtseverahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir konsullik vakolatxonasining xizmat ko‘rsatish okrugi hududida mavjud repatriatsiya markazlarida saqlanayotgan, mezbon mamlakat qonunchiligi talablarini buzish hamda boshqa huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumonlanib hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, vakolatli idoralarning ularga doir qarorlar qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish yuzasidan hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda fuqarolarimizga doir masalalarni o‘z vaqtida va o‘zaro axborot almashish asnosida ko‘rib chiqish va hal etishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, markazga keltirilgan fuqarolarimiz to‘g‘risida Bosh konsulxonaga tezkor maʼlumot taqdim etish, ularga zarur konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatish maqsadida konsulxona xodimlariga uchrashuvlar o‘tkazib borish uchun zarur sharoitlar yaratib berish so‘raldi.        

Markaz boshlig‘i Sechkin Bug‘day O‘zbekiston Bosh konsulxonasi  takliflarini qo‘llab-quvvatladi hamda taʼkidlangan masalalarni yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi, O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq masalalarni qisqa muddatda qonuniy hal etib borish maqsadida konsullik muassasasi bilan yaqin hamkorlikda ish tashkil etilishini bildirdi.

Mavzuga oid

18 va 25 fevral kunlari Rossiyadan O‘zb...

Joriy yil 18 va 25 fevral kunlari Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnov...

Xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar «D...

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi...

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar Navro‘z ...

Navro‘z - eng qadimiy, azaliy bayramlardan biridir. Bahor fasli va tabiat uyg‘onishining t...

So`nggi yangiliklar