Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Ispaniyadan munosabat: Yangi O‘zbekistonning ochiqlik siyosatida ommaviy axborot vositalari faolligi va so‘z erkinligi mustahkam o‘rin egallamoqda

MADRID 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan «Casa Asia» - Osiyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalar instituti (Ispaniya) filiali binosida «Yangi O‘zbekiston: taraqqiyotning yangi bosqichi» mavzusida brifing o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir Ispaniyaning “YEFE” milliy axborot agentligi  tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan taqdimot doirasida bo‘lib o‘tdi.

Brifingda siyosiy, ekspert-tahliliy, ilmiy-akademik va ishbilarmon doiralar vakillari, diplomatik va xalqaro missiyalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

«Casa Asia» Osiyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalar institutining   direktori Emilio De Migel Kalabiya Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi yangi marralarga erishishi va respublikani modernizatsiya qilishga kuchli turtki berishini taʼkidladi.

-So‘nggi yillarda O‘zbekiston siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda ulkan marralarni zabt etib, xalq farovonligini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishdi, - dedi Emilio De Migel Kalabiya. – Biz bugungi kunda milliy davlatchilikni mustahkamlash va uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan kuchli hamda samarali davlat qurish yo‘lida respublikani modernizatsiya qilish jadal davom etayotganini kuzatamiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida so‘nggi besh yil ichida amalga oshirilgan islohotlar natijasida Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun zarur bo‘lgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-maʼrifiy asoslar yaratildi. Bugun biz haqiqatan ham Yangi O‘zbekiston qurilayotganiga, respublika qanday jadal rivojlanib borayotganiga, ushbu murakkab davrda barqarorlik va taraqqiyotga doimiy ravishda ijobiy energiya qo‘shayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Ispaniyaning “EFE”  milliy axborot agentligi rahbari Gabriyela Kanyas mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga qaratilayotgan eʼtiborga to‘htaldi.

-O‘zbekistonda so‘z erkinligini taʼminlashda so‘nggi yillarda qanday tub o‘zgarishlar yuz berayotganini diqqat bilan kuzatayapmiz. Shu bilan birga, milliy ommaviy axborot vositalari xalq ovozi va to‘rtinchi hokimiyatga aylandi, - dedi Gabriyela Kanyas.- O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, jumladan, so‘z erkinligini ro‘yobga chiqarish uchun qanday keng imkoniyatlar yaratayotganini ham ko‘rib turibmiz. Shuningdek, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari faoliyati va so‘z erkinligi Yangi O‘zbekistonning ochiqlik siyosatida mustahkam o‘rin tutadi. Mamlakatda ommaviy axborot vositalarini huquqiy tartibga solish barqarorligini taʼminlash uchun qonunchilik bazasi takomillashmoqda. Siyosiy o‘zgarishlar tufayli O‘zbekiston axborot makoni dinamik ravishda kengaymoqda.

«Casa Asia»  instituti 2001 yilda Ispaniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan Kataloniya provinsiyasi hukumati, Barselona va Madrid shaharlari meriyalari bilan birgalikda tashkil etilgan. Institut Ispaniya tashqi ishlar vazirligining xalq diplomatiyasi vositalaridan biri bo‘lib, Osiyo mintaqasi mamlakatlari madaniyati, tarixi, anʼanalarini o‘rganish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Ispaniyadagi yetakchi mustaqil milliy axborot agentliklaridan biri - “EFE”   1939 yilda siyosatchi Roman Serrano Sunyer tomonidan tashkil etilgan. Ayni paytda u ispan tilidagi asosiy  multimedia agentligi va «Associated Press», «United Press International», “Reuters” va «France Presse» kompaniyalaridan keyin dunyoda beshinchi o‘rinda eʼtirof etiladi.

  

Mavzuga oid

Yaponiya ommaviy axborot vositalarida Qo...

Yaponiyada Xorazm viloyati iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan biznes-vebinar ...

Niderlandiyadan munosabat: O‘zbekiston z...

Niderlandiyaning «Diplomat Magazine» jurnali veb-saytida «O‘zbek yuksak moda diplomatiyasi...

Germaniya OAV O‘zbekistondagi ochiqlik v...

Germaniyaning yetakchi axborot agentligi - «Deutsche Presse-Agentur» (DPA) portali hamda b...

So`nggi yangiliklar