Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Sentabr/2022   O'zbekistonning ShHTga raisligi

Ispaniyadan munosabat: Samarqand dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil etuvchi xalqlarni birlashtirishda yetakchi va muhim rol o‘ynadi

MADRID, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. San-Pablo universitetining Ijtimoiy tadqiqotlar instituti yuridik fakulteti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ekspert Antonio Alonso Ispaniyaning yetakchi «Academia de Negocios TV» telekanali dasturiga 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti yakunlari bo‘yicha eksklyuziv intervyu berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ekspert o‘z intervyusida 20 yil avval tashkil etilgan SHHT  bugungi kunda nufuzli xalqaro tashkilotga aylanganini bildirdi. SHHT harbiy blok emas, u keng hududda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashkilotdir.

«SHHT siyosiy integratsiya uchun emas, balki mintaqaviy integratsiya hamkorligi uchun ko‘plab mamlakatlarni birlashtirgan tashkilotdir», dedi ispan eksperti.

Bu yilgi sammit katta eʼtiborni tortdi, chunki SHHT yetakchilari Eronni tashkilotga to‘laqonli aʼzo sifatida qabul qilishni maʼqulladilar.

«Men Samarqand sammiti natijalarini  juda muvaffaqiyatli bo‘ldi deya olaman, dedi  Antonio Alonso. Samarqand insoniyat kelajagi bo‘lgan dunyo aholisining yarmiga yaqinini tashkil etuvchi xalqlarni birlashtirishda yetakchi va muhim rol o‘ynadi. Aynan ushbu tashkilot bilan biz global miqyosda tobora ko‘proq tanishib, hamkorlik qilishni boshlashimiz kerak».

Mavzuga oid

SHHT masalalari bo‘yicha milliy koordina...

Bugun O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasi tomonidan mamlakatimi...

Erondan munosabat: Joriy yil sentyabr oy...

«Iran Online» axborot agentligida «O‘zbekiston – SHHT: ko‘p tarmoqli hamkorlikning yangi ...

Toshkentda ShHT doirasida giyohvand m...

Bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlarning Giyohvandlikka qars...

So`nggi yangiliklar