Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Noyabr/2022   O‘sish nuqtasi

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston zaʼfaroni Yevropa bozorlari talablariga to‘liq mos keladi

 MADRID, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. «BMB Trade Group» kompaniyasi delegatsiyasi amaliy safar bilan Ispaniyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Safar davomida kompaniya vakillari  O‘zbekistonda yetishtirilayotgan zaʼfaron  mahsuloti eksporti geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha ispan kompaniyalari bilan muzokaralar  o‘tkazdi.

 «BMB Trade Group» vakillari Ispaniyaning eng yirik zaʼfaron yetishtiruvchi hududi - Kastilya La Mancha avtonom hamjamiyatiga tashrifi davomida Vilyarrobledo shahrida joylashgan yirik zaʼfaron yetishtiruvchi va sotuvchisi hisoblangan «Desbrin Azafran» kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdi.

Ispan kompaniyasining zaʼfaron plantatsiyalari, uni qayta ishlash va qadoqlash quvvatlari bilan yaqindan tanishildi va tajriba almashildi. Muzokaralar chog‘ida xorijlik mutaxassislar «BMB Trade Group» tomonidan ishlab chiqarilayotgan zaʼfaron sifatini yuqori baholab, ushbu mahsulotni sotib olishga qiziqish bildirdi. Korxona rahbari Karlos Fernandes Segoviyaning aytishicha, O‘zbekiston zaʼfaroni Yevropa bozorlari talablariga to‘liq mos keladi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar mamlakatimizning Madrid shahridagi elchixonasida «Xporting Goods Europe, S.L.» eksport-import kompaniyasi rahbari Xose Luis Morsilyo Rodrigez bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida Ispaniyaning ulgurji oziq-ovqat mahsulotlari import qiluvchi kompaniyalar va yirik riteyler-supermarketlar tuzilmalariga «BMB Trade Group» tomonidan ishlab chiqarilayotgan zaʼfaronni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha dastlab kelishuvlarga erishildi.

Ispaniyaning «Viveros Veron» kompaniyasi vakili Mariya Mergales bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida kompaniya tomonidan yetishtiriladigan mevali daraxtlar ko‘chatlarini yetkazish asosida O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Najib Vohra: “Afg‘onistondagi tinchlik P...

«Najeeb Fibers», «Najeeb Сонсултантс Pvt.» va «Jawed Enterprises» kabi savdo hamda to‘qima...

O‘zbekistonda yetishtirilgan zaʼfaron ho...

Xabar qilganimizdek, “BMB Trade Group” kompaniyasi tomonidan 1,1 million yevro qiymatidagi...

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ...

Joriy yil aprel oyida Energetika vazirligi tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumani...

So`nggi yangiliklar