Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining yuqori dinamikasi bugungi kunda deyarli barcha sohalarda kuzatilmoqda


MADRID, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Madrid avtonom universitetining Osiyo tadqiqotlari markazi professori, Ispaniya sharqshunoslari assotsiatsiyasi bosh kotibi Xesus Xil “Dunyo” axborot agentligi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5-6 dekabr kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlari haqida shunday fikr bildirdi:

– O‘zbekiston ayni paytda geosiyosatda muhim o‘rinlardan birini egallab turibdi, yuksak siyosiy va moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega, Markaziy Osiyo davlatlarining yaqinlashuvidan manfaatdor.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar O‘zbekistonni yana-da kuchli, jadal rivojlanayotgan davlatga aylantirmoqda. Ijobiy o‘zgarishlar mamlakatning nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasidagi rolini oshirdi, balki xalqaro maydondagi nufuzini ham mustahkamladi.

Shu maʼnoda O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifi ikki tomonlama strategik, ko‘p qirrali va sheriklik muloqotining mantiqiy davomi bo‘lib, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy omili, yaqinlashuv va o‘zaro manfaatli hamkorlik omilini aks ettirdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston iqtisodiy hamkorligi rivojlanishining yuqori dinamikasi bugungi kunda deyarli barcha sohalarda kuzatilmoqda.

Bu omil ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni sarmoyaviy, eksport va transport-kommunikatsiya aloqalarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti “Turkiy dunyo tik...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolila...

O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy izolyat...

Bu borada O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazi...

Tailandning “Naewna.com” nashrida O‘zbek...

Tailandning “Naewna.com” veb-saytida «B.H.I. Holding Public Co.,Ltd.» kompaniyasi direktor...

So`nggi yangiliklar