Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Oktabr/2020   Dolzarb

Ispaniya uskunalarni ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi Xorazm viloyatidagi madaniy ob’ektlarni qayta tiklashda ishtirok etadi

MADRID, 14-oktabr. /«Dunyo» AA/. Ispaniyaning «SERCOBE» uskunalar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi vakillari, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi mas’ul xodimlari va tadbirkorlar ishtirokida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



Tadbirda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, Xorazm viloyatidagi madaniy ob’ektlarni qayta tiklashga oid masalalarni muhokama qildi.

«SERCOBE» vakillari Ispaniya kompaniyalarini korporativ xalqarolashtirish jamg‘armasi (FIEM) va boshqa moliya institutlari orqali imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilishga tayyorligini bildirdi.

Bugun «SERCOBE» kompaniyasi 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Ispaniyaning «S.A.E.IBERTEST» kompaniyasi bilan birgalikda respublika temir yo‘l sanoati korxonalarini texnik va texnologik qayta jihozlash loyihasini amalga oshirayotgani ta’kidlandi.

«SERCOBE» kompaniyasi Yevropaning yetakchi banklari va moliya institutlaridan O‘zbekiston hukumati tomonidan ispan texnologiyalarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan loyihalar uchun mablag‘ jalb qilish uchun keng imkoniyatlarga ega ekanligi qayd etildi.

Bundan tashqari, «SERCOBE» vakillari Ispaniyaning «Kalam» kompaniyasi bilan birgalikda Xorazm viloyatidagi madaniy ob’ektlarni tiklash bo‘yicha ishlar ko‘lamini aniqlash, shuningdek, xalqaro donorlar va moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish uchun tegishli loyihalarni tayyorlash bo‘yicha kerakli tadqiqotlarni olib borishga tayyor ekanligini bildirdi.

Onlayn-tadbir natijalariga ko‘ra, Xorazm viloyati hokimligi va «SERCOBE» o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitimni imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 8-sammitida...

Ukrainada vatandoshlar bilan “davra suh...

Joriy yil avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi yos...

“O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida “Yoshlar press-klubi”da O‘zbekistonning Yap...

So`nggi yangiliklar