Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyul/2022   Siyosat

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyatida O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

AR-RIYOD,  27-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiyaning Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrifi doirasida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibiyatida konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan "Konstitutsiyaviy islohotlar - Yangi O‘zbekistonni barpo etish sari muhim kadam" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston Tashki ishlar vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Toshkent Davlat yuridik universiteti, shuningdek, tashkilot Bosh kotibining o‘rinbosarlari va tashkilot huzuridagi tuzilma idoralarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Davra suhbati ishtirokchilariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, xususan, inson huquqlari, ijtimoiy davlat, yoshlar masalalari bo‘yicha kiritilishi taklif qilinayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlar takdim etildi.

IHT rahbariyati hamda bo‘linma rahbarlari o‘z chiqishlari davomida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, o‘zlarining tegishli taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati, mazkur aloqalarni yana-da rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar avvalambor xalq manfaatlariga xizmat qilishihamda “Yangi O‘zbekiston” ravnaqida muhim omil bo‘lajagi davra suhbati qatnashchilari tomonidan alohida  taʼkidlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi: D...

“Prezidentimiz har bir mahallaga, hozirgi holatidan kelib chiqib, o‘rtacha 2 milliard so‘...

“Dunyo” axborot agentligining Tayvan bil...

Tayvan bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ta...

O‘zbekiston Prezidenti yangi avtomobil m...

Bektemir tumani faollari bilan uchrashuvdan so‘ng davlatimiz rahbari mamlakatimizda ishlab...

So`nggi yangiliklar