Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Jamiyat

“Ipak yo‘li” xalqaro universitetida muzeyshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi

TOSHKЕNT, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida magistratura talabalari uchun muzeyshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Ushbu seminarlar o‘qituvchisi dunyodagi eng yaxshi muzeyshunoslik mutaxasislardan biri - doktor Lesli Mixelsendir.


Doktor Lesli Mixelsen Gonoluludagi Islomiy san’at, madaniyat va dizayn muzeyida to‘plamlar va ko‘rgazmalarning kuratori bo‘lib, Islom dunyosining tarixiy hamda zamonaviy san’ati to‘plamini saqlab qolish uchun mas’ul bo‘lgan guruhni boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida jahonga mashhur san’at kuratori Sara Raza boshchiligida magistrlar uchun «Muzeyshunoslik» noyob dasturi ishga tushirildi.

Mavzuga oid

Dan PATTERSON: Oʻzbekiston yoshlari mill...

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar hay...

O‘zbekiston hukumati bilan Rossiyadagi o...

Anjumanda pandemiyaning bugungi holati bilan bog‘liq mavzular, Rossiyadagi o‘zbek diaspora...

Toshkentda nogironlar huquqlarining taʼm...

Bugun poytaxtimizda “O‘zbekiston Respublikasining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konve...

So`nggi yangiliklar