Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Indoneziyadagi vatandosh: Konstitutsiyaga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalarning keng jamoatchilik muhokamasi orqali amalga oshirilishi xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi

JAKARTA, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdagi nutqiga Indoneziyada istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Madina Nazirova o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.


– Bugungi islohotlarning jamiyatimizni ijobiy o‘zgarishlariga sababchi bo‘layotgani hamda ular inson qadrini ulug‘lash, huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilayotgani hech kimga sir emas.

Shuni komil ishonch bilan ayta olamanki, ushbu ijobiy o‘zgarishlarning Asosiy qomusimizda qo‘yilayotgani, mamlakatimiz fuqarolarining O‘zbekistonda yoki xorijda bo‘lishlaridan qatʼiy nazar, ko‘p yillik xohish-irodasini ifodalaydi.

Xususan, Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdagi nutqida Asosiy qonunimizga kiritish bo‘yicha o‘rtaga tashlagan takliflaridan biri – “Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida maʼnaviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratadi” mazmundagi taklifi yoshlarimizning munosib hayot kechirishi uchun xizmat qilishiga aminman.

Konstitutsiyaga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalarning keng jamoatchilik muhokamasi orqali amalga oshirilishi O‘zbekistonni yana-da demokratik davlatga aylantirishga va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Afg‘onistonning Jidda shahridagi Bosh ko...

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan Jidda shahridagi...

Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliy...

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi...

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: O‘zbek...

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan Jidda shahrida y...

So`nggi yangiliklar