Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Fevral/2020   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Indoneziyada Toshkent investitsiya forumiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi


JAKARTA, 12 fevral. /«Dunyo» AA/. Indoneziya poytaxtida joriy yil 5-6 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan I Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlab brifing o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Dunyo muxbiri.

Tadbirda Indoneziya ishbilarmon doirasi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

O‘zbekistonlik diplomatlar O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati, shuningdek, forumni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar haqida to‘liq ma'lumot taqdim etdi.

Brifing doirasida, shuningdek,  forum va mamlakatimizning turizm salohiyati haqida to‘liq ma'lumotlar jamlangan maxsus broshyura mehmonlarga tarqatildi.

 Anjumanning «savol-javob» qismida ishtirokchilar O‘zbekiston zamonaviy iqtisodiyotining rivojlanishi va chet el investitsiyalarining natijadorligi borasida qiziqdi.

Xususan to‘qimachilik, kimyo va sayyohlik sohalarida o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik qilish imkoniyati xorijiy ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mavzuga oid

Polshada Toshkent xalqaro investitsiya f...

«Polsha-Osiyo» savdo-sanoat palatasida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va joriy yil 5...

Isroilda Toshkent xalqaro investitsiya f...

Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi tomonidan poytaxtimizda shu yil 5-6-mart kunlari b...

Turkiyaliklar Toshkent xalqaro investits...

Turkiya poytaxtida O‘zbekiston Prezidentining mamlakat parlamentiga Murojaatnomasi va jori...

So`nggi yangiliklar