Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Tarix

Ikkinchi jahon urushi davrida Stalingradni himoya qilgan o‘zbekistonlik Kamoljon Turg‘unov xotirasi qalblarda barhayot

TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun Stalingrad  qamalidagi g‘alabaga 80 yil to‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Ikkinchi jahon urushi davridagi eng yirik janglardan biri — Stalingrad mudofaasi uchun kechgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgan minglab askarlar orasida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Bardamko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan vatandoshimiz Kamoljon Turg‘unov ham bor edi.

Yaqinda “Stalingrad” klubi aʼzolari va Volgograd viloyati Ayollar palatasi tomonidan Kamoljon Turg‘unov avlodlariga yo‘llangan maktubda Volga bo‘yidagi shaharning himoyachilari orasida hamyurtimiz ko‘rsatgan qahramonlikning ahamiyati kattaligi taʼkidlangan. “1942 yilning kuzida u va uning safdoshlari 58 kun davomida Stalingraddagi mashhur Pavlov uyini mardona himoya qilgan. Uning safdoshlarining aytishicha, serjant Kamoljon Turg‘unov nafaqat kuchli askar, balki mehribon va g‘amxo‘r inson bo‘lgan. O‘sha qiyin davrlarda u oxirgi burda nonini Pavlov uyining yerto‘lasida  yashiringan bolalar bilan birga  baham ko‘rgan. Kamoljon Turg‘unov  barcha bolalarning hayotini saqlab qolishga va ularni  Volga daryosining boshqa sohiliga evakuatsiya qilishga katta yordam ko‘rsatgan», deb bitilgan maktubda.

Bugun Pavlov uyida “Stalingrad” klubi faoliyat yuritmoqda. Klub Pavlov uyi muzeyini tashkil qilgan. Bu yerda  Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan ko‘plab hujjatlar saqlanmoqda. Qahramon jangchilar haqida kitob nashrga tayyorlanyapti.

“O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi xizmatlari, bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi ko‘plab kitoblar va filmlarda muhrlangan. Urush yillarida respublika bir yarim milliondan ko‘p kishini o‘z bag‘riga oldi. Biz qahramonlarimizni hech qachon yoddan chiqarmaymiz va ular ko‘rsatgan jasorat haqida yosh avlodga so‘zlab berishda davom etamiz. Biz serquyosh O‘zbekiston aholisiga  tinchlik tilaymiz», deb taʼkidlangan maktuda.

Mavzuga oid

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekist...

Joriy yilning birinchi yarmida 5 milliondan ortiq mahalliy turistlarning O‘zbekiston bo‘y...

Toshkentda Temuriylar davlatining Xitoyd...

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy jamoasi tomonidan G‘i...

Turk tarixchisi: Inson hayoti davomida b...

Turkiyaning ommabop https://www.tv100.com veb-saytida taniqli turk tarixchisi, professor I...

So`nggi yangiliklar