Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Hindistondan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyevning ishonchli g‘alabasi so‘nggi 5 yilda mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muvaffaqiyatidan dalolatdir


DЕHLI, 27 oktabr. /«Dunyo» AA/. Global tadqiqotlar instituti prezidenti, Hindistonning Qozog‘iston, Shvetsiya va Latviyadagi sobiq elchisi, xalqaro kuzatuvchi Ashok Sajjanxar 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayoniga o‘z munosabatini bildirdi:

- Saylov jarayoni menda katta ijobiy taassurot qoldirdi, - dedi u. - Men Buxorodagi qator saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonini bevosita kuzatdim. Uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovoz berish uchun yaratilgan qulay va soddalashtirilgan tizimni alohida ta’kidlamoqchiman.

Saylovchilarga saylov byulletenlarini ortiqcha kutmasdan qisqa vaqtda olishiga yordam berish uchun har bir uchastkada yetarlicha mas’ullar biriktirildi. Fuqaroning o‘zi tanlagan nomzodga yashirin ovoz berishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Saylov uchastkalariga ota-onasi bilan kelgan yosh bolalar uchun alohida xonalar, tibbiy xizmat ko‘rsatish burchaklari yuqori darajada tashkil etilganining guvohi bo‘ldim. Saylov uchastkalarida 5 ta siyosiy partiyadan ilgari surilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi. Ushbu partiyalarning vakillariga jarayonlarni bevosita kuzatib borishi uchun teng imkoniyat taqdim etildi. 

Saylov jarayonida ishtirok etganlarning barchasida quvonch va ko‘tarinkilik tuyg‘ularini sezdim.

Ishonchim komilki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning saylovchilarning ko‘pchilik ovozi bilan saylangani mamlakat xalqi uchun ulkan yutuq va haqiqiy bayram bo‘ldi. Bu natija Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi 5 yil davomida olib borilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muvaffaqiyatidan dalolatdir.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabr oyida birinchi marta Prezident lavozimiga saylangach, Hindiston va O‘zbekiston munosabatlarida ham ulkan ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Ikki davlat yetakchilari o‘rtasida yaqin, samimiy va ochiq muloqotlar muntazamlik kasb etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston barcha dolzarb masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat, terrorizmga qarshi kurashish, mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligi va transport masalalari, boshqa yo‘nalishlarni ilgari surishda Markaziy Osiyoning yetakchi va tashabbuskor davlati sifatida namoyon bo‘ldi.

Mavzuga oid

Markaziy saylov komissiyasi raisi IHT ku...

O‘zbekiston Markaziy saylov komisiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizamxodjayev Islom hamkorlik...

Markaziy saylov komissiyasi “Milliy tikl...

Bugun Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Saylov-2021: Ekspert guruhi imzo varaqal...

Markaziy saylov komissiyasining ekspert guruhi imzo varaqalarini tekshirishga kirishdi

So`nggi yangiliklar