Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Madaniyat

Hindistondan munosabat: O‘zbek tili bayrami kuni biz uchun ham quvonchli kun


DЕHLI, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. 21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Dehli shahridagi «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zosi, Jomiya Milliya Islomiya universitetining o‘zbek tili kursida tahsil olgan Salmon Azmiy tabrik yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

- 21 oktabr sanasi O‘zbekistonda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlanishidan juda yaxshi xabardormiz. Bu bayram bilan men barcha o‘zbekistonlik do‘stlarimni tabriklayman. 

Bu kun biz uchun ham quvonchli kun. Chunki men ko‘p yildan beri o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganib kelayapman.  

Mening maqsadim kelgusida O‘zbekistonga borib, uning madaniyati, tili va tarixini tadqiq etish. Bu boradagi ilmiy izlanishlarim o‘zbek va hind xalqlarining tarixiy munosabatlarini yanada mustahkamlashga, o‘zbek adabiyotini Hindistonda yanada ommalashtirishga arzimagan hissa bo‘lib qo‘shilishiga ishonaman.  

Fursatdan foylanib, bayram tabrigi sifatida Sizlarga o‘zim yaxshi ko‘rgan, o‘zbek tili haqidagi she’rni ilinmoqchiman. 

Bobolardan meros qolgan,
Butun olam e’zoz qilgan.
Bu dunyoda yagonamsan,
Ona tilim jonu dilim.
Madhing dildan kuylay jo‘shib,
Ohanglaring qo‘shib-qo‘shib.
O‘rganarman sendan bilim,
Ona tilim jonu dilim.

O‘zbek tili bayrami kuni barchamizga muborak bo‘lsin!

Mavzuga oid

«O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma a...

«O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reyestri» kitobining birinchi jildi taqdi...

Polshada O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlan...

Polshaning Opole shahrida taniqli polyak sayyohi, etnografi va tarixchisi Leon Barshevskiy...

Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ij...

Shuningdek, «Kamoliddin Behzod izdoshlari» miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijod...

So`nggi yangiliklar